PFL chempioni Usman Nurmagomedov Habib Nurmagomedov va Islom Maxachevning kurash uslublari o‘rtasidagi farq haqida gapirib berdi.
«Habib har safar kurashda qandaydir yangi narsalarni qiladi. U birinchi, ikkinchi, uchinchi usulni qo‘llaydi, biz undan qanday chiqib ketishni tushunib olamiz, keyin esa yangisiga duch kelamiz — va har safar bu qandaydir yangilik bo‘ladi. Habib bilan 25 daqiqa davomida yuqori tempda bo‘lishing kerak. U seni shunchaki ezib tashlaydi.
Islomda esa bir usuldan ikkinchisiga tez o‘tish bor. U yanada atroflicha va universal. Bo‘yningdan ushlaydi — chiqib ketsang, oyog‘ingdan ushlaydi. Islom doimo ogriqli usulga o‘tishga harakat qiladi. U har qanday holatda seni o‘zi xohlagan narsaga olib keladi. Qo‘yib yuborsa, chiqib ketdim deb o‘ylaysan — bilginki, boshqa usulga tushib bo‘lding», — dedi Usman.













