Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Rakitich «Oltin to‘p» uchun favoritlarini aytdi

Rakitich «Oltin to‘p» uchun favoritlarini aytdi

Baho:
+ | -

Xorvatiyalik afsona Ivan Rakitich «Oltin to‘p» uchun kurash haqida fikr bildirib, sovrinni ispaniyalik futbolchi qo‘lga kiritishi kerakligini aytdi. U o‘z favoritlari qatorida Lamin Yamal va Rodrini tilga oldi.

Rakitich, shuningdek, Maykl Oliseni juda yoqtirishini ta’kidladi, ammo uning Jahon chempionatidagi ishtiroki kutilgan darajada bo‘lmagani sabab imkoniyatlarini biroz past baholadi.

«Men uchun ispaniyaliklar favorit. Besh-oltita ismni bir idishga solib, xohlaganingizni tanlasangiz ham adashmaysiz. Menimcha, «Oltin to‘p»ni ispaniyalik futbolchi yutishi kerak», — dedi «Barselona» sobiq futbolchisi.

«Men shaxsan Oliseni juda yoqtiraman. Unda boshqalardan farq qiladigan nimadir bor, ammo uning Jahon chempionati ideal o‘tmadi. U bilan birga kuchli uchlikka Lamin va yana Rodrini qo‘shgan bo‘lardim», — dedi Rakitich.

Kiritildi: 16:14, 29.09.2026.
O'qildi: 1686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик