Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Kunde qishda Germaniya grandi safiga o‘tib ketishi mumkin

Kunde qishda Germaniya grandi safiga o‘tib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, «Bavariya» «Barselona» himoyachisi Jyul Kundeni yanvar oyi uchun ehtimoliy transfer maqsadi sifatida belgilab qo‘ygan.

Myunxenliklar Premyer-liga klublari va «Milan»ning qiziqishi fonida qishki transfer oynasida Kim Min Jeni sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Janubiy koreyalik himoyachi o‘yin amaliyoti yetishmayotgani sabab klubdan ketish variantiga moyil ekani aytilmoqda.

Shu fonda Kunde «Bavariya» qiziqish doirasiga tushgan. Fransiyalik himoyachi endi «Barselona» tarkibida daxlsiz futbolchi hisoblanmaydi.

O‘tgan mavsumdan buyon o‘yinida sezilarli pasayish kuzatilgan Kunde o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida Erik Garsiyadan orqada qolmoqda.

«Bavariya» Kundening ham qanotda, ham markaziy himoyada o‘ynay olish qobiliyatini yuqori baholaydi.

Fransiyalik futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 16:29, 29.09.2026.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик