PFL chempioni Usman Nurmagomedov UFC’ga o‘tgan taqdirda, promoushen unga darhol Arman Sarukyan bilan jang berishi mumkinligini aytdi.
«UFC darhol Sarukyan bilan jang berishi mumkin. Arman kim bilan jang qilishi kerak? UFC’da u uchun kim bor? Pimblettmi? Yo‘q. Topuriyami? Agar Iliyaning g‘alabasiga aqalli 30% ishonchlari bo‘lganida, allaqachon unga Topuriya bilan jang berishgan bo‘lardi. Lekin Topuriya oltin tuxum qo‘ymoqda. Pimblett ham ularning erkatoyi, garchi Gedji uning yuzini «pardozlab» qo‘ygan bo‘lsa-da. Usman Nurmagomedov har qanday raqibga qarshi – bu yaxshi jang», – dedi Usman.
31 iyul kuni Nurmagomedov PFL turnirida Archi Kolganni nokautga uchratdi va promoushen bilan amaldagi shartnomasini yakunladi.













