Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Espanyol» sport direktori Yamalni qo‘llab-quvvatlagani uchun uzr so‘radi

«Espanyol» sport direktori Yamalni qo‘llab-quvvatlagani uchun uzr so‘radi

Baho:
+ | -

«Espanyol» sport direktori Monchi «Barselona» vingeri Lamin Yamalni «Oltin to‘p» uchun qo‘llab-quvvatlagani sabab klub muxlislaridan uzr so‘radi.

Monchi avvalroq nufuzli shaxsiy sovrin uchun Kilian Mbappe va Xarri Keyndan ko‘ra Yamalni tanlashini aytgan edi. Bu fikr «Barselona» «Espanyol»ning asosiy raqibi bo‘lgani sabab klub muxlislari orasida norozilik keltirib chiqardi.

«Mendan Mbappe, Keyn va Lamin Yamal o‘rtasida tanlov qilishimni so‘rashdi. Men ispan futbolchisi nomzodini tanladim. Bu muxlislarimiz orasida ma’lum bahslarga sabab bo‘ldi. Agar kimnidir xafa qilgan bo‘lsam, uzr so‘rayman», — dedi Monchi Cadena SER efirida.

«Men Ispaniyadan bo‘lgan nomzodni qo‘llab-quvvatladim. Ammo «Espanyol» muxlisi sifatida boshqa istalgan futbolchining nomini aytishim kerak edi. «Espanyol» muxlisi bo‘lish nimani anglatishini bilaman — bu hisni birinchi kundanoq sezganman. Lamin Yamalni Ispaniya nuqtai nazaridan kelib chiqib tanlagan edim», — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 18:52, 29.09.2026.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик