"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike klub prezidenti Nosir al-Xelaifiyga murojaat qilib, "Barselona" yarim himoyachisi Gavi uchun taklif tayyorlashni so‘ragan.
Gavi "Barselona" markaziy yarim himoyachilari orasidagi o‘rnini yo‘qotib, hozirda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Bu esa 22 yoshli futbolchining klubini o‘zgartirishi ehtimolini oshirmoqda.
"Enrike Gavi uning o‘yin konsepsiyasiga juda mos kelishini hisoblaydi va Nosir al-Xelaifiydan taxminan 50 million yevrolik taklif tayyorlashni so‘ragan", — deyiladi El Nacional xabarida.
Qayd etilishicha, Luis Enrike Gavining yuqori intensivlikda harakat qilishi, pressingdagi faolligi va katta tezlikda o‘ynay olish qobiliyatini doimo yuqori baholagan.
Parijda yarim himoyachi yana o‘zining eng yaxshi formasiga qaytishi mumkin, deb hisoblashmoqda.
Shu bilan birga, xabarlarga ko‘ra, "Barselona" Gavining qiymatini 50 million yevrodan yuqori deb baholamoqda.













