Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan "Manchester Siti"ning Angliya Premyer-ligasi moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilishiga munosabat bildirdi.
"Endi bu rasmiy! Premyer-liga "Manchester Siti" Britaniya futboli tarixidagi eng katta firibgarlar ekanini tasdiqladi. Jazo og‘riqli bo‘lishi kerak", — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqda.
Jurnalist "shaharliklar"ni quyi divizionga tushirish, titullaridan mahrum qilish, shuningdek, APLga qaytganidan keyingi dastlabki besh mavsumda har yili 25 ochkodan olib tashlashni taklif qildi.
Morgan Londonning "Arsenal" klubi muxlisi sifatida tanilgan.
29 sentyabr kuni APL mustaqil komissiyasi "Manchester Siti"ni moliyaviy qoidalarni buzish bilan bog‘liq barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topdi.
Manchester klubi ushbu qaror ustidan 2 oktyabrga qadar shikoyat qilishi mumkin.













