"Manchester Yunayted" moliyaviy qoidalarni buzish ishi munosabati bilan "Manchester Siti"dan kompensasiya talab qilish huquqiga ega ekanini bildirgan to‘rt klubdan biri bo‘ldi.
Bu haqda Daily Mail jurnalisti Mayk Kigan Stick to United dasturida ma’lum qildi.
Insayderning aytishicha, "shaharliklar"dan pullik kompensasiya talab qilishga "Arsenal", "Tottenxem" va "Liverpul" ham da’vogarlik qilmoqda.
29 sentyabr kuni Angliya Premyer-ligasi mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni 2009/10 mavsumidan 2017/18 mavsumigacha bo‘lgan davrda liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topganini ma’lum qildi.
"Manchester Siti" 2 oktyabrga qadar apellyasiya berib, ushbu qaror ustidan shikoyat qilishi mumkin.













