Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Xyoysen: «Hali ham alam qiladi»

Xyoysen: «Hali ham alam qiladi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Din Xyoysen o‘tkazib yuborilgan jahon chempionatini yodga oldi.

«Qizil furiya» bosh murabbiyi Luis de la Fuente «qaymoqranglilar»ning yosh markaziy himoyachisini zafar bilan yakunlangan mundial qaydnomasiga kiritmagan edi.

«Bu men uchun juda katta hafsalapirsatlik bo‘lgan va buni eslash haligacha menga alam qiladi. Hamma narsadan chalg‘ishim kerakligi uchun do‘stlarim bilan ta’tilga jo‘nab ketgandim», - deya Xyoysenning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Sentyabr oyida 21 yoshli futbolchi milliy terma jamoaga qaytdi. Seshanba kuni u Millatlar ligasida ispaniyaliklarning Xorvatiya terma jamoasi ustidan qozonilgan yirik g‘alabasiga (4:1) hissa qo‘shdi va uchrashuvni boshidan oxirigacha o‘tkazdi.

Kiritildi: 06:34, 30.09.2026.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик