O‘tmishda taniqli bo‘lgan angliyalik futbolchi Ian Rayt «Manchester Siti»ni og‘ir jazolashga chaqirdi. Mustaqil komissiya «shaharliklar»ning 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda ommaviy moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor ekanini aniqladi. Jumladan, klub soxta shartnomalar tuzib, real ahvolni yashirgan holda moliyaviy ko‘rsatkichlarni buzib ko‘rsatgan.
«Bu yerda misli ko‘rilmagan jazo zarur. Bu Premyer-liga uchun juda muhim kun. Juda ko‘ngilsiz vaziyat. O‘sha davrda «Liverpul» ular bilan qanday raqobatlashganini eslang. Yurgen Klopp ularni sindirish uchun nimalardan o‘tganiga qarang. Bu, ehtimol, uning o‘zini ham sindirgandir.
Bu misli ko‘rilmagan vaziyat va hamma uchun achinarli. «Manchester Siti» egalari qilgan ish – dahshatli», - dedi Rayt ITV Sport ga.
«Manchester Siti» apellyasiya berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.













