«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Real» bilan bo‘lgan murakkab munosabatlar haqida fikr bildirdi.
Avvalroq «Real» rahbari Florentino Peres «Negreyra ishi» doirasida «Barselona»ni bir necha bor ayblagan edi. Gap Kataloniya klubining Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidentiga qilgan to‘lovlari haqida bormoqda. «Barselona» to‘lovlar hisobotlar uchun qilinganini ta’kidlamoqda, ammo «Real» kataloniyaliklar hakamlarga ta’sir o‘tkazgan deb hisoblaydi. «Ko‘k-anorranglilar» tuhmat bo‘yicha sudga da’vo arizasi berishgan.
«Real» o‘z chiqishlarida «Barselona»ga hujum qilmoqda. Biz faktlarning buzib ko‘rsatilishiga chiday olmaymiz. Bu holat tuzatilishini va muammo hal etilishini kutmoqdaman. «Real» bilan munosabatlar uzilganini allaqachon bilasiz – ular «Negreyra ishi»ga aralashishdi. Fikrimizcha, ular buni faqat jarayonni paysalga solish, o‘z telekanali siyosatini va tayyorlab qo‘ygan ritorikasini oqlash uchun qilishdi», – deydi Laporta De Marke Sports nashriga.
Avvalroq Florentino Peres «Barselona»ning da’vosidan so‘ng sudga chaqirilgani haqida xabar berilgan edi. Kataloniyaliklar undan kechirim so‘rashni va o‘z gaplarini qaytarib olishni talab qilmoqda, aks holda jinoiy ish doirasida tergov boshlanadi.













