Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Aleksander-Arnold: «Ularning himoyasini yorib o‘tish juda qiyin bo‘ldi»

Aleksander-Arnold: «Ularning himoyasini yorib o‘tish juda qiyin bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Millatlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan Chexiyaga qarshi o‘yindagi g‘alabadan (2:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ular bir kishi kam bo‘lib qolishgach, o‘yin yanada murakkablashdi: juda zich joylashib, faqat himoyalanishdi. Ularning himoyasini yorib o‘tish juda qiyin bo‘ldi. Ammo biz ikkinchi bo‘lim boshida gol urdik, aynan shu narsa bizga kerak edi», – deydi futbolchi ITV nashriga.

O‘zining golli uzatmasi haqida:

«Ha, uzatmani aniq amalga oshirdim. Tanaffusda Gordon bilan gaplashib, agar men o‘sha hududda bo‘lsam, u uzoq ustun yonida bo‘lishi kerakligini aytgandim. To‘p bunchalik tez yetib borishini kutmagandim, ammo hammasi biz o‘ylagandek bo‘ldi. Va bu o‘z samarasini berdi».

3 oktyabr kuni Angliya Xorvatiya bilan to‘qnash keladi. Har ikkala jamoa hisobida 3 tadan ochko bor, 6 ochko bilan Ispaniya peshqadamlik qilmoqda, Chexiyada esa 0 ochko.

Kiritildi: 06:57, 30.09.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик