Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Ngumoa — Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh uchinchi debyutant

Ngumoa — Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh uchinchi debyutant

Baho:
+ | -

«Liverpul» vingeri Rio Ngumoa Angliya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi Millatlar ligasi uchrashuvida zaxiradan maydonga tushdi.

Mersisaydliklar vakili 71-daqiqada Bukayo Sakaning o‘rniga maydonga tushdi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, Ngumoa 18 yosh va 31 kunligida «uch sher»lar safida rasmiy uchrashuvda debyut qilgan eng yosh uchinchi futbolchiga aylandi. Undan oldin Ueyn Runi — 17 yosh va 156 kunligida, Jud Bellingem esa 17 yosh va 269 kunligida debyut qilgan.

Uchrashuv angliyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ngumoa avval ham milliy terma jamoa safida maydonga tushgan, ammo o‘rtoqlik uchrashuvida. «Liverpul»ning iqtidorli futbolchisining «norasmiy» debyuti iyun oyida Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tgan.

Kiritildi: 07:10, 30.09.2026.
O'qildi: 448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик