Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Yamal Ispaniya terma jamoasida «Real» afsonasining rekordini yangiladi

Yamal Ispaniya terma jamoasida «Real» afsonasining rekordini yangiladi

Baho:
+1 | -

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasiga Millatlar ligasida Xorvatiya ustidan yirik g‘alaba qozonishga yordam berdi — 4:1. U uchrashuvda dubl qayd etdi.

«Barselona» vingeri 2-daqiqada hisobni ochdi, 31-daqiqada Mark Pubilga golli uzatma berdi, 63-daqiqada esa ikkinchi golini urdi. Jurnalist MisterChip ma’lumotlariga ko‘ra, Yamal Ispaniya terma jamoasi safida bir uchrashuvda ikki yoki undan ko‘p gol urgan va kamida bitta golli uzatma amalga oshirgan eng yosh futbolchiga aylandi — 19 yosh va 78 kunligida. «Ko‘k-anorranglilar» vakili Madridning «Real» klubi afsonasi Raulning rekordini yangiladi. Raul bu natijaga ilk bor 21 yosh va 273 kunligida erishgan edi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida Lamin Yamal almashtirildi. Qolgan vaqtda ispaniyaliklar Niko Uilyamsning goli evaziga yana bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Kiritildi: 07:15, 30.09.2026.
O'qildi: 600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик