«Roma» o‘z rasmiy saytida Paulo Dibala va Nauel Molina 6 oktyabr kuni Argentinada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
O‘sha kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.
«Roma» ushbu voqea Dibala va Molina uchun qanchalik muhim ekanini tushunadi. Qaror sport va logistika bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra, parvoz davomiyligi hamda klubning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlari inobatga olingan holda qabul qilindi», — deyiladi «Roma» bayonotida.
Klub Messiga bo‘lgan hurmatini ham alohida ta’kidladi:
«Roma» Lionel Messiga va uning buyuk faoliyatiga chuqur hurmat bildiradi hamda unga va Argentina futbol assosiasiyasiga ajoyib kecha tilaydi», — deya ta’kidladi rimliklar.
Argentina terma jamoasi 6 oktyabr kuni Buenos-Ayresda Beninga qarshi o‘ynaydi.













