«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias Braziliya terma jamoasining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
29 yoshli futbolchi Avstraliyaga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvining tanaffusida mushaklaridagi muammo sabab almashtirilgan edi.
Globo ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar «ko‘k-anorranglilar» yulduzida jiddiy jarohat aniqlamagan.
Biroq mushakdagi shish hanuz bartaraf bo‘lmagan. Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabi muhim futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qildi. Shu bois Rafinya 3 oktyabr, shanba kuni Hindistonga qarshi yig‘indagi yakuniy uchrashuvda maydonga tushmaydi.
Rafinya terma jamoa qarorgohini muddatidan oldin tark etib, «Barselona» ixtiyoriga qaytadi.













