Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida bugun finalchilar nomi ma’lum bo‘ladi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi yarim finalda mezbon Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 30 sentyabr kuni Osaka shahridagi "Nagai" stadionida o‘tkaziladi.
Ikkinchi yarim finalda esa Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari to‘qnash keladi.
Har ikki juftlik g‘oliblari 2 oktyabr kuni "Toyota" stadionida chempionlik uchun maydonga tushadi. Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan jamoalar esa xuddi shu kuni bronza medali uchun kurash olib boradi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U23 jamoasini Osiyo o‘yinlari finaliga olib chiqishi mumkin bo‘lgan hal qiluvchi bahs kutib turibdi.













