Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Laporta Rafinyaning jarohati haqida to‘xtaldi

Laporta Rafinyaning jarohati haqida to‘xtaldi

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Braziliya terma jamoasi yig‘inida jarohat olgan Rafinya Diasning holati haqida fikr bildirdi.

Karlo Anchelotti Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining tanaffusida "ko‘k-anorranglilar" hujumchisini majburan almashtirgan edi.

29 yoshli futbolchining jarohati jiddiy emasligi taxmin qilinmoqda, biroq u terma jamoa yig‘inini muddatidan oldin tark etadi.

"Afsuski, biz bunday jarohatlarga avval ham duch kelganmiz, masalan, Erik Garsiya bilan bo‘lgan holatda. Menga Rafinya noqulaylik his qilgani uchun almashtirilganini aytishdi.

Vaziyat qanchalik jiddiy ekanini ko‘ramiz. Bizga u "el-klasiko"ga yaxshi formada tayyor bo‘lishi kerak, chunki bu o‘yinga ham ko‘p vaqt qolmadi.

"Real" ham Mbappe bilan shunga o‘xshash vaziyatga tushdi, ammo bu haqda menda qo‘shimcha ma’lumot yo‘q", — deya Laportaning so‘zlarini Madrid Universal keltiradi.

10 oktyabr kuni "Barselona" "Xetafe"ga qarshi o‘ynaydi. "Real"ga qarshi "el klasiko" esa 25 oktyabrga belgilangan.

Kiritildi: 10:03, 30.09.2026.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик