Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich ispan muxlislari uni iliq kutib olganini e’tiborsiz qoldirmadi.
Seshanba kuni Sevilya shahridagi «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida o‘tkazilgan Millatlar ligasi uchrashuvida Xorvatiya Ispaniyaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 41 yoshli sobiq «Real» yarim himoyachisi uchrashuv yakunida zaxiradan maydonga tushdi va mahalliy muxlislar uni qarsaklar bilan kutib oldi.
Uchrashuvdan so‘ng Modrich ijtimoiy tarmoqda ispan muxlislariga minnatdorlik bildirdi: «Katta rahmat, Ispaniya», — deb yozdi futbolchi va bahsdan olingan suratni ham ilova qildi.
Luka Modrich 13 yil davomida «Real» sharafini himoya qildi. 2025 yildan buyon tajribali futbolchi Italiyaning «Milan» klubi safida to‘p tepmoqda.













