Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Matis Albert AQSH terma jamoasi safidagi ilk golini urdi.
Iste’dodli futbolchi Chiliga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 93-daqiqada gol urib, yakuniy hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi.
ESPN ma’lumotiga ko‘ra, Albert 17 yoshu 131 kunligida gol urib, AQSH terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.
U shu tariqa avval "Borussiya"da ham o‘ynagan Kristian Pulishichning rekordini yangiladi. Pulishich 17 yoshu 253 kunligida gol urgan edi.
Bu Matis Albertning AQSH milliy terma jamoasi safidagi ikkinchi o‘yini bo‘ldi.
U "Borussiya"ning asosiy jamoasi safida ham ikki marta maydonga tushgan, ammo klub miqyosida hali gol urmagan.
4 oktyabr kuni Maurisio Pochettino jamoasi Meksikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.













