Angliya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi-2026/27 2-turida Chexiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Angliya terma jamoasi tarixida ilk bor rasmiy uchrashuvda ingliz klublarida o‘ynamaydigan birdaniga 5 nafar futbolchi maydonga tushdi.
Qizig‘i, jamoaning uchrashuvdagi barcha golli harakatlari aynan shu futbolchilar hisobiga yozildi.
Ular — Xarri Keyn ("Bavariya", Germaniya) — gol, Entoni Gordon ("Barselona", Ispaniya) — gol, Trent Aleksander-Arnold ("Real", Ispaniya) — golli uzatma, Jud Bellingem ("Real", Ispaniya) va Trevo Chaloba ("Komo", Italiya).













