Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Van Deyk uchun to‘rtta mashhur klub kurashadi

Van Deyk uchun to‘rtta mashhur klub kurashadi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning niderlandiyalik markaziy himoyachisi Virjil van Deyk joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, 35 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda. Ular orasida Madridning «Real», Istanbulning «Galatasaroy», «Milan» va «Inter Mayami» klublari bor.

Agar Van Deyk «Liverpul» bilan yangi shartnoma imzolamasa, ushbu klublar uni erkin agent sifatida tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Van Deyk 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Himoyachining bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida niderlandiyalik futbolchi beshta uchrashuvda maydonga tushdi.

Kiritildi: 12:10, 30.09.2026.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик