Madridning «Real» klubi qishki transferlar oynasida yangi markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» Raul Asensioning jiddiy jarohatidan so‘ng himoyachi bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan. Futbolchi uch oyga safdan chiqqan. Marca xabariga ko‘ra, Asensio yaqin vaqt ichida jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.
23 yoshli futbolchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli joriy mavsumda hali biror marta maydonga tushmagan.
Ispaniya La Ligasining yetti turidan keyin «Real» 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam «Barselona»dan olti ochkoga ortda qolmoqda.













