Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Svensson APL grandlarining qiziqishi haqida gapirdi

Svensson APL grandlarining qiziqishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi qanot himoyachisi Daniel Svensson Yevropaning yetakchi klublari tomonidan unga bildirilayotgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

Avvalroq OAVda 24 yoshli shvesiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Bu haqda eshitdim, ammo hech qanday aniq gap bo‘lmadi. Men ham bu xabarlarni faqat gazetalarda ko‘rdim. Dortmundda o‘zimni yaxshi his qilyapman va bu yerdagi faoliyatimni davom ettirishni intiqlik bilan kutyapman. Yozda boshqa klubga o‘tishga yaqin bo‘lganmidim? Yo‘q», — dedi Svensson SVT Sport telekanaliga.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:22, 30.09.2026.
O'qildi: 398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик