Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Liverpul» yosh futbolchilarni sotishda xato qilganini tan oldi

«Liverpul» yosh futbolchilarni sotishda xato qilganini tan oldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» rahbariyati so‘nggi yillarda transfer bozorida bir qator xatolarga yo‘l qo‘yganini tan oldi.

BBC Sport ma’lumotiga ko‘ra, klub ichida ko‘plab yosh va iqtidorli futbolchilarni sotib yuborish noto‘g‘ri qaror bo‘lgani anglab yetilgan. Bobbi Klark, Jarell Kuansa va Tayler Morton so‘nggi yillarda mersisaydliklar tomonidan sotilgan futbolchilarning bir qismi, xolos.

Manbaga ishonilsa, «Liverpul» 2020 yildan buyon yosh futbolchilar savdosidan qariyb 270 million yevro ishlab topgan. Biroq klub hozir asosiy jamoaning kelajagi uchun yetarli kadrlar zaxirasi qolmaganini tushunib yetgan.

Shu sababli yaqin vaqt ichida «Liverpul» bu muammoni hal qilish maqsadida Angliya va boshqa mamlakatlardan 21 yoshgacha bo‘lgan eng iqtidorli futbolchilarni o‘z safiga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Angliya Premyer-ligasining besh turidan keyin «Liverpul» 9 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:25, 30.09.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик