Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Barselona» yanvarda qaysi pozisiyani kuchaytirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

«Barselona» yanvarda qaysi pozisiyani kuchaytirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» qishki transferlar oynasida birinchi navbatda qaysi pozisiyani kuchaytirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Diario SPORT xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar qishda himoyaning chap qanotini kuchaytirish niyatida. Biroq klub asosan shartnomasi yakunlanish arafasida turgan futbolchilarga e’tibor qaratmoqda. Bu orqali «Barselona» ular bilan yozda erkin agent sifatida tekin transfer bo‘yicha kelishib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda «Barselona» ro‘yxatida «RB Leypsig» sardori David Raum va «Kristal Pelas» himoyachisi Tayrik Mitchell bor. Har ikki futbolchi ham hozircha o‘z klublari bilan shartnomasini uzaytirmagan.

«Barselona» Ispaniya La Ligasining yetti turidan keyin 21 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 12:27, 30.09.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик