Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Real» Mbappening operasiya qilinishini kutgan edi

«Real» Mbappening operasiya qilinishini kutgan edi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining Turkiyaga qarshi uchrashuvida jarohat olgan edi. «Real»da yulduz futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lib qolishidan xavotir bor edi. Biroq, baxtga ko‘ra, Mbappe operasiyadan qutulib qoldi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, agar Mbappe Turkiyaga qarshi o‘yinda almashtirilmay, maydonda qolganida, u juda jiddiy jarohat olish xavfi ostida bo‘lgan. Bunday jarohat uni mavsumning katta qismidan mahrum qilishi mumkin edi.

«Real» Fransiya terma jamoasi tibbiy shtabi bilan aloqada bo‘lgan va Mbappega operasiya kerak emasligi ma’lum bo‘lgach, klubda yengil tortishgan.

Fransuz hujumchisining tiklanishi uchun 10–12 kun kerak bo‘ladi. Shu bois u «Vilyarreal»ga qarshi navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishi ham mumkin.

Kiritildi: 12:55, 30.09.2026.
O'qildi: 816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик