UYEFA Millatlar ligasi 2026/27 mavsumi 2-turining eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi.
Sovrin uchun quyidagi to‘rt futbolchi kurash olib boradi:
- Meks Meerdink — Niderlandiya
- Konstantinos Mavropanos — Gresiya
- Joau Feliks — Portugaliya
- Lamin Yamal — Ispaniya
Meerdink Serbiyaga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda dubl qayd etib, Niderlandiya g‘alabasining asosiy qahramonlaridan biri bo‘ldi.
Lamin Yamal esa Xorvatiyaga qarshi 4:1 hisobidagi g‘alabada ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va yana bir golga uzatma berdi. 19 yoshli vinger ikki turdan keyin Millatlar ligasida 3 ta gol bilan to‘purarlar qatorida peshqadamlik qilmoqda.
G‘olib muxlislar o‘rtasidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.













