Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Jon Stouns jarimaga tortildi

Jon Stouns jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

«Inter» himoyachisi Jon Stouns Angliya terma jamoasi bilan JCH-2026da ishtirok etayotgan paytida Cheshir polisiyasidan kelgan maktubni o‘tkazib yuborgani ortidan tezlikni oshirganlik uchun jarimaga tortildi. Bu haqda The Independent xabar berdi.

32 yoshli futbolchi taxminan 175 ming yevro turadigan Range Rover avtomobilini boshqarib ketayotganda, tezlik kamerasi uni soatiga qariyb 49 kilometr harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘lda 69,2 km/soat tezlikda qayd etgan. Hodisa 8 may kuni uning Cheshirdagi uyi yaqinida sodir bo‘lgan.

Stouns polisiyaning birinchi maktubiga javob berib, avtomobilni o‘zi boshqarganini tan olgan. Biroq belgilangan jarimani to‘lash taklif qilingan ikkinchi maktubga javob qaytarmagan. Natijada ish sudga oshirilgan.

Sud futbolchiga 4 ta jarima balli, taxminan 777,6 yevro miqdorida jarima, 140 yevro sud xarajatlari va 310,2 yevro qo‘shimcha yig‘im belgilagan.

Stouns Uorrington magistratlar sudiga yo‘llagan maktubida polisiya xatiga uzoq vaqt uyda bo‘lmagani sabab javob bera olmaganini tushuntirgan.

«28 may kuni ma’lumotlarni taqdim etish uchun maktub jo‘natdim va shundan keyin Angliya terma jamoasi qarorgohiga ketdim. Biz u yerda 19 iyulgacha bo‘ldik. Keyin ta’tilga chiqdim va Milanga ko‘chib o‘tdim. Shu sababli bu xat tasodifan topildi — qariyb to‘rt oy davomida uyda hech kim bo‘lmagan», — deyiladi futbolchining maktubida.

Stouns yozda «Manchester Siti»dan «Inter»ga o‘tdi. JCH-2026da u oltita uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Kiritildi: 13:05, 30.09.2026.
O'qildi: 529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик