Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Santi Deniya UEFA Millatlar ligasida Angliyadan 0:2 hisobida uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Bu juda og‘ir sinov bo‘ldi. 11 ga 11 o‘ynashning o‘zi katta kuch talab qilardi, kamchilikda harakat qilish esa yanada qiyin bo‘ldi. Shunga qaramay, men bu jamoaga va uning rivojiga ishonaman.
Chexiya terma jamoasi biz tanlagan yo‘lga ishonadi. Qilayotgan ishimiz borasida hech qanday shubhamiz yo‘q», — deya Deniyaning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.













