Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini Madridning «Real» jamoasida davom ettirish niyatida. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Subimendi «Arsenal»ni tark etib, «Real»ga o‘tishni istamoqda. 27 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘z agentlaridan Madridga ko‘chib o‘tish jarayonini tezlashtirishni so‘ragani aytilmoqda.
«Arsenal» esa «Real»ga transfer bo‘yicha o‘z talablarini bildirgan. Agar Madrid klubi ushbu shartlarga rozi bo‘lsa, kelishuv amalga oshishi mumkin.
«Arsenal» Subimendini 2025 yilda «Real Sosyedad»dan 70 million yevroga sotib olgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Subimendining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.













