Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Bavariya» sobiq himoyachisi darvozabonga aylandi (+Video)

«Bavariya» sobiq himoyachisi darvozabonga aylandi (+Video)

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» va Myunxenning «Bavariya» klublari sobiq himoyachisi Niklas Zyule Germaniya mintaqaviy ligalaridan birida o‘zini yangi ampluada sinab ko‘rdi.

Yozda professional faoliyatini yakunlagan 31 yoshli futbolchi ayni paytda Germaniyaning 9-divizionida ishtirok etadigan «Tifenbax» klubi sharafini himoya qilmoqda.

So‘nggi o‘yinlarda jamoaning asosiy darvozaboni qo‘lini sindirib olgani sabab Zyule uning o‘rnini egallashga majbur bo‘ldi. Internetda tarqalgan videoda sobiq himoyachining darvozabon sifatida harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Hatto epizodlardan birida u ustun bilan to‘qnashib, darvozani joyidan siljitib yuborgan.

«Xelmshtadt»ga qarshi darvozabon sifatidagi debyut o‘yinida Zyule bir nechta seyv amalga oshirdi, ammo jamoasini 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

Keyingi uchrashuvda, «Epfenbax»ga qarshi bahsda ham u darvozani qo‘riqladi va «Tifenbax»ning 3:2 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

Eslatib o‘tamiz, Niklas Zyule Germaniyaning besh karra chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 13:42, 30.09.2026.
O'qildi: 628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик