Angliya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi 2-turida Chexiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Angliyaliklarning asosiy tarkibida ketma-ket ikkinchi o‘yinda 23 yoshli darvozabon Jeyms Trafford maydonga tushdi. U 26 sentyabr kuni Ispaniyaga qarshi 2:3 hisobida yakunlangan 1-tur bahsini ham asosiy tarkibda boshlagan edi.
Trafford 2022 yil sentyabridan buyon Jordan Pikforddan keyin Angliya terma jamoasining ketma-ket ikki o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan ikkinchi darvozabon bo‘ldi.
Pikford va Traffordga qadar bunday natijani so‘nggi bor Nik Poup qayd etgan edi.
Joriy mavsumda Trafford barcha musobaqalar doirasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U shularning 4 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va jami 5 ta gol o‘tkazib yubordi.













