Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Karrager: «Men shokdaman! Ular aybdor ekanini doim bilardim»

Karrager: «Men shokdaman! Ular aybdor ekanini doim bilardim»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblanayotgani haqida fikr bildirdi. Mustaqil komissiya «shaharliklar»ni 115 banddan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topgan. Klub esa barcha ayblovlarni rad etishda davom etmoqda.

«Men shokdaman, ammo shu bilan birga hayron ham emasman. Ular aybdor ekanini doim bilardim, buning ikki oddiy sababi bor. “Manchester Siti” uchun “Liverpul”, “Manchester Yunayted” yoki Madridning “Real”i darajasidagi tijoriy daromadlarga erishish imkonsiz edi. Ular yillar davomida shuncha miqdorda daromad olayotganini ta’kidlab kelishdi. Ammo klub qanchalik muvaffaqiyatga erishmasin, buning iloji yo‘q.

Ikkinchidan, ular kecha ham, shu vaqt mobaynida ham “hech qanday yomon ish qilmadik” va “aybsizligimizni isbotlovchi rad etib bo‘lmaydigan dalillarimiz bor” deb keldi. Hammaga ma’lum: agar polisiya senga ayblov qo‘ysa va qo‘lingda aybsizligingni isbotlovchi rad etib bo‘lmaydigan dalillar bo‘lsa, masala bir kun yoki bir haftada hal bo‘ladi. Bu yerda esa hammasi yillar davomida cho‘zildi.

Qoidabuzarliklar yo‘qligi haqidagi bayonotlarga qaramay, ishning shunchalik uzoq davom etganining o‘zi ko‘p narsadan dalolat beradi. Men hayratdaman, chunki “Manchester Siti” ortida turgan kuch va moliyaviy resurslarni hisobga olganda, Premyer-liga sudda ularni yengishiga hech qachon ishonmaganman.

Premyer-liga erishgan natija uchun unga tan berish kerak. G‘alaba ishonarli ko‘rinishi uchun liga nafaqat ishni yutishi, balki aynan shunday natijaga erishishi kerak edi — masalan, 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha g‘alaba qozonish», — dedi Karrager Sky Sports efirida.

Kiritildi: 15:19, 30.09.2026.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик