Taniqli insayder Fabrisio Romano Jud Bellingemning «Real»dagi kelajagi haqida ma’lumot berdi. Uning xabar qilishicha, futbolchi va klub o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar allaqachon boshlangan. Biroq hozircha muzokaralarning batafsil tafsilotlari oshkor etilmagan.
Avvalroq boshqa manbalar Bellingem «Real»dan maoshini oshirishni talab qilishi mumkinligini xabar qilgan edi. U Kilian Mbappe va Vinisius Junior bilan bir darajada maosh olishni istaydi. Angliyalik yarim himoyachi o‘zini hozirgi «Real»ning yetakchilaridan biri deb hisoblaydi.













