«Real» himoyachisi Raul Asensio o‘ng oyog‘ining katta boldir suyagida stress-sinish aniqlangani sabab ertaga jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Bu haqda Madrid klubi rasman ma’lum qildi.
«Futbolchimiz Raul Asensio o‘ng oyog‘ining katta boldir suyagidagi stress-sinish sabab ertaga operasiya qilinadi», — deyiladi klub bayonotida.
Xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi ikki oydan to‘rt oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
Asensio yaqindagina sonning to‘g‘ri mushagidan olgan jarohatidan tuzalgan edi. Ushbu muammo sabab himoyachi bir necha hafta davomida o‘yinlarda ishtirok eta olmagan.
Shu bilan birga, Eder Militao son orqa qismidagi uzoq muddatli jarohatidan keyin maydonga qaytishga yaqin turibdi.













