Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Kone: "Zidan bilan ishlash zavq beradi"

Kone: "Zidan bilan ishlash zavq beradi"

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Manu Kone yangi bosh murabbiy Zinedin Zidanning ish uslubi haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, Zidan futbolchilar bilan juda yaqin va samimiy munosabat o‘rnatgan, ularga erkin o‘ynash uchun ishonch beradi.

«U bilan ishlash zavq beradi. U juda samimiy, futbolchilarga yaqin. Jamoa oldida ham, yakka tartibda ham gaplasha oladi», — dedi Kone.

23 yoshli futbolchi Zidanning yarim himoyachi sifatidagi tajribasidan ham ko‘p narsa o‘rganayotganini aytdi. Xususan, murabbiy unga maydondagi joylashuv va jamoa muvozanati bo‘yicha ko‘rsatmalar bermoqda.

Konening so‘zlariga ko‘ra, Zidan futbolchilarning qisqa vaqt ichida o‘z g‘oyalarini amalga oshira olganidan mamnun va ularning imkoniyatlariga ishonch bildirmoqda.

Kiritildi: 16:39, 30.09.2026.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик