Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

APL klublari «Man Siti» ishi shu mavsumda yakunlanishini istamoqda

APL klublari «Man Siti» ishi shu mavsumda yakunlanishini istamoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning Angliya Premyer-ligasidagi raqiblari klubga qarshi ish joriy mavsumning o‘zidayoq yakunlanishini istamoqda.

The Times xabariga ko‘ra, APL klublari yakuniy qaror joriy mavsum tugaguniga qadar chiqarilishini, ehtimoliy jazo choralari esa keyingi mavsumdan kuchga kirishini xohlamoqda.

Klublardan biri rahbari ishni ko‘rib chiqish jarayoni 2027/28 mavsumigacha cho‘zilib ketishi «qabul qilib bo‘lmas holat» bo‘lishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta «Manchester Siti» APL moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq ayblovlarning deyarli barchasi bo‘yicha aybdor deb topilgani, faqat bitta ayblov istisno bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

2023 yil fevral oyida Premyer-liga «Siti»ni 2009–2018 yillar oralig‘ida moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagan. Keyinroq The Times amalda gap 115 emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini ma’lum qildi. Premyer-liga ayblovlarni ilk bor e’lon qilgan paytda ayrim qoidalarni hisoblashda chalkashlik yuzaga kelgan.

«Manchester Siti» ayblov qarori ustidan rasman apellyasiya berish uchun juma kuniga qadar vaqtga ega.

Joriy mavsumda kuchga kirgan Premyer-liganing yangi qoidalariga ko‘ra, apellyasiya jarayoni 12 hafta ichida yakunlanishi, yakuniy xulosalar esa so‘nggi eshituvdan keyin 30 kun ichida e’lon qilinishi kerak.

Biroq «Siti» huquqshunoslari ushbu muddatlar bu ishga tatbiq etilmasligi kerakligini ta’kidlashi mumkin. Sababi, moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ish yangi qoidalar kuchga kirishidan oldinyoq ko‘rib chiqila boshlangan.

Kiritildi: 17:34, 30.09.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик