The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, Karlos Baleba to‘piq jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Aynan shu muammo uning «Manchester Yunayted» safidagi debyutini kechiktirgan edi.
22 yoshli futbolchi xalqaro tanaffus davomida Karrington bazasida individual dastur asosida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Baleba kutilganidan tezroq tiklandi va «Fulxem»ga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuv qaydnomasiga kiritildi. Biroq u joriy mavsumda hali maydonga tushgani yo‘q.
Kamerun terma jamoasi uni Afrika kubogi saralash o‘yinlari uchun tarkibga chaqirmadi. Shu bilan birga, Baleba shu hafta oxirida «Manchester Yunayted» akademiya jamoasi safida «Lozanna-Sport»ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
«Manchester Yunayted» uni «Brayton»dan bonuslar bilan birga 70 million funtgacha yetishi mumkin bo‘lgan kelishuv asosida sotib olgan. Bu klubning yozdagi eng yirik transferi bo‘ldi.
Manchesterliklar Baleba kelajakda «oltilik» pozisiyasida Kazemironing o‘rnini egallashini kutmoqda. Futbolchining 10 oktyabr kuni «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.













