Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Man Siti» futbolchilarining imidj huquqlarini sotish bo‘yicha Fordham bilan soxta kelishuv tuzgan

«Man Siti» futbolchilarining imidj huquqlarini sotish bo‘yicha Fordham bilan soxta kelishuv tuzgan

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» ishini tergov qilgan mustaqil komissiya klub futbolchilarning imidj huquqlari bilan bog‘liq moliyaviy manipulyasiyalar amalga oshirgan, degan xulosaga keldi.

O‘tgan hafta «shaharliklar» Angliya Premyer-ligasi moliyaviy qoidalarini buzishga oid deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 2023 yil fevral oyida APL «Siti»ni 2009–2018 yillar oralig‘ida moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagan. Keyinroq The Times aslida gap 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini ma’lum qildi. Bunga Premyer-liga ayblovlarni ilk bor e’lon qilgan paytda ayrim qoidalarni hisoblashda yuzaga kelgan chalkashlik sabab bo‘lgan.

Kecha APL klub barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilganini ma’lum qildi.

«2012 yilning uchinchi choragida klub Longbow deb nomlangan loyihani ishga tushirgan. Biz klubning Longbow bir nechta yo‘nalishni qamrab olgan va klub daromadlarini oshirish hamda operasion zararlarni kamaytirish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan loyiha bo‘lgani haqidagi tushuntirishini qabul qilamiz. Longbow doirasidagi ko‘plab yo‘nalishlar ushbu maqsadlarga erishishga qaratilgan halol va qonuniy urinishlar edi. Ammo ulardan biri bunday emasdi — bu Fordham bilan tuzilgan kelishuv edi», — deyiladi komissiya qarorida.

Verdiktga ko‘ra, «Manchester Siti» Fordham kompaniyasi bilan kelishuv tuzgan. Komissiya bu kompaniya amalda klub egasi bo‘lgan Abu Dhabi United Group (ADUG) uchun «niqob» vazifasini o‘tagan, degan xulosaga kelgan.

Komissiya fikricha, «Manchester Siti» futbolchilarning imidj huquqlarini Fordham kompaniyasiga sun’iy ravishda oshirilgan narxlarda sotgan. Ushbu bitimlarni moliyalashtirish uchun esa Abu Dhabi United Group mablag‘laridan foydalanilgan.

Shuningdek, Fordham o‘z imidj huquqlarini «Manchester Siti»ga bergan futbolchilarga to‘lovlar amalga oshirgani ko‘rsatilgan, ammo komissiya xulosasiga ko‘ra, amalda bu pullar klub egalari tomonidan to‘langan.

Shu tariqa, Fordham bilan tuzilgan kelishuv ADUGga «Manchester Siti» hisoblariga qo‘shimcha mablag‘larni operasion daromad ko‘rinishida kiritish, ularning haqiqiy manbasini yashirish, shuningdek, futbolchilarning imidj huquqlari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirmaslik imkonini bergan.

Natijada ushbu kelishuv orqali klub daromadlari 24,5 million funtga sun’iy ravishda oshirilgan, xarajatlar esa 49,414 million funtga kam ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 18:34, 30.09.2026.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик