Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Endrik yanvarda «Real»ni ijara asosida tark etishi mumkin

Endrik yanvarda «Real»ni ijara asosida tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, agar o‘yin amaliyoti bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmasa, Endrik yanvar oyida «Real»ni ijara asosida tark etishi mumkin.

20 yoshli futbolchi mavsumoldi tayyorgarligida olgan jarohatidan tiklanganidan keyin La Ligada atigi to‘rt daqiqa maydonda harakat qildi. U Joze Mourinyuning keyingi o‘yinlar uchun qaydnomalariga kiritilgan bo‘lsa-da, tarkibdagi raqobat juda yuqori bo‘lib qolmoqda. Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Yan Diomande, Arda Gyuler, Braim Dias va Karlos Espi undan oldinda turibdi.

Endrik yozda «Roma»ga ijara asosida o‘tishga yaqin kelgan edi, ammo Mourinyu uni jamoada qolishga ko‘ndirib, o‘yin imkoniyatlari berilishini va’da qilgan. Braziliyalik futbolchi bu chaqiriqni qabul qildi, biroq qishki transferlar oynasida o‘z vaziyatini qayta baholashi mumkin.

Avvalroq Endrik «Lion»da ijara asosida muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazgan. U fransuz klubi safida 21 ta uchrashuvda 8 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

«Roma» hali ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Yevropaning boshqa klublari ham uning vaziyatini kuzatib bormoqda.

Kiritildi: 23:10, 30.09.2026.
O'qildi: 896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик