Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Shveysariya futbol ittifoqi Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi

Shveysariya futbol ittifoqi Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shveysariya futbol ittifoqi (SFV) FIFA prezidentligi saylovida Janni Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlashini rasman qaytarib oldi. Tashkilot iyun oyida shveysariyalik funksionerni qo‘llab-quvvatlagan edi, ammo keyinchalik o‘z pozisiyasini o‘zgartirdi.

«Bizning nuqtai nazarimizdan, so‘nggi bir qator voqealar FIFAdagi rahbarlik, boshqaruv, shaffoflik va qaror qabul qilish jarayonlari bo‘yicha jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda», — deyiladi SFV bayonotida.

Shveysariya futbol ittifoqi alohida ravishda amerikalik futbolchi Folarin Balogun bilan bog‘liq vaziyatni ham tilga oldi. Tashkilot bu holatda qoidalarning aniqligi va musobaqalar adolatliligi bo‘yicha savollar mavjudligini ta’kidladi.

Gap so‘nggi jahon chempionatining 1/8 finali oldidan futbolchining diskvalifikasiyasi bekor qilingani haqida ketmoqda.

«Men Janni Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlashda davom etish uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga ola olmayman», — dedi SFV prezidenti Peter Knobel.

SFV, shuningdek, FIFA qabul qilayotgan qarorlarning shaffof bo‘lishi va barcha qarorlar belgilangan qoidalar asosida qabul qilinishi tarafdori bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:20, 30.09.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик