Tunis terma jamoasi Maliga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qildi. Jamoalar 3 oktyabr, shanba kuni maydonga tushishi kerak edi, ammo bahs o‘tkazilmaydi. Bu haqda Goal Tunis futbol federasiyasiga tayanib xabar berdi.
Tunis terma jamoasiga yaqin manba ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvni bekor qilishga «Karfagen burgutlari» safidagi ko‘plab jarohatlar hamda federasiyaning FIFA reytingida yana pastlab ketish xavotiri sabab bo‘lgan.
Tunis jahon chempionatidan keyin FIFA reytingida birdaniga 12 pog‘ona pastlab, 45-o‘rindan 57-pog‘onaga tushib ketdi.
FIFA rasmiy reytingi o‘shandan buyon hali yangilanmagan bo‘lsa-da, onlayn reytingda Tunis ayni paytda 61-o‘rinda qayd etilmoqda.













