Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etish haqidagi qarori bilan futbol olamini hayratda qoldirdi. 41 yoshli hujumchi kelajakda bu qarorni nima sababdan qabul qilganini aytib berishga va’da qildi. Hozircha Ronaldu faqat bosh murabbiy Jorje Jezushning matbuot anjumanidagi bayonoti va federasiya rahbari bilan bo‘lgan suhbatga ishora qildi.
The Touchline Marca nashriga tayanib xabar berishicha, ushbu mojarodan keyin Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu yaqinda Portugaliya terma jamoasining Norvegiyaga qarshi o‘yinini to‘liq zaxirada o‘tkazdi. Yakuniy hushtakdan so‘ng Krishtianu tezda tribuna ostidagi xonalar tomon yo‘l oldi.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlarda hujumchi 146 ta gol urgan va sheriklariga 45 ta golli uzatma bergan.













