Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Fernandesh «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Fernandesh «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Brunu Fernandesh xorij klublarining qiziqishiga qaramay, «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolashga moyil. Bu haqda The Hard Tackle xabar bermoqda.

32 yoshli portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Shu bilan birga, klub uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega. «Manchester Yunayted» Fernandeshni o‘zining yetakchisi deb hisoblaydi va shartnomani uzoq muddatga uzaytirishdan manfaatdor.

Yozda futbolchiga «Galatasaray», «Milan» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirgan. «Milan» va «Yuventus» vaziyatni kuzatishda davom etishmoqchi, chunki yangi kelishuv imzolanmasa, Fernandesh erkin agentga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 04:18, 01.10.2026.
O'qildi: 483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик