Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Skaloni: "Biz turli futbolchilarni sinab ko‘ramiz, ammo turli tizimlarni emas"

Skaloni: "Biz turli futbolchilarni sinab ko‘ramiz, ammo turli tizimlarni emas"

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Messi ketganidan keyin ham jamoaning odatiy o‘yin uslubini saqlab qolish zarurligi haqida yana bir bor fikr bildirdi.

39 yoshli «Inter Mayami» futbolchisi 6 oktyabr kuni Beninga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoa bilan xayrlashadi. Bugun esa argentinaliklar afsonaviy faxriy futbolchisiz Boliviyani 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Messi o‘rnini bosib bo‘lmaydigan futbolchi, ammo bizning vazifamiz — u bo‘lmagan holda ham xuddi shu futbolni davom ettirishdir.

Bizga raqib darvozasi oldida keskinlik yaratadigan uzatmalar, kombinasiyalar kerak. Kim maydonga tushishidan qat’i nazar, terma jamoamizning o‘yin uslubi shu. Albatta, Leo bilan vaziyat doimo o‘zgaradi.

Bizning vazifamiz shu tarzda o‘ynashda davom etish va yosh futbolchilar jamoa talablarini tushunishiga ishonch hosil qilishdan iborat.

Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu jamoaning o‘z o‘yin uslubi borligini doimo ko‘rib kelgansiz. Biz turli futbolchilarni sinab ko‘ramiz, ammo turli tizimlarni emas», — dedi Skaloni uchrashuvdan keyingi intervyuda.

Kiritildi: 09:59, 01.10.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик