Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi. 41 yoshli futbolchi Madridga qaytdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Avvalroq matbuotda besh karra "Oltin to‘p" sohibi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
So‘nggi o‘yinda Portugaliya terma jamoasi safarda Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Krishtianu butun uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta o‘yin o‘tkazib, 146 ta gol urgan.













