"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelaifi "Oltin to‘p" sovriniga asosiy da’vogarlar haqida fikr bildirdi.
Qatarlik funksioner Kilian Mbappe va Lamin Yamalni yuqori baholadi, ammo sovrinni "PSJ" futbolchilaridan biri olishi kerak deb hisoblamoqda.
"Kilian Mbappe va Lamin Yamalga nisbatan katta hurmatim bor. Ular ajoyib futbolchilar.
Lekin men "Oltin to‘p" uchun Usmon Dembele, Xvicha Kvarasxeliya yoki Fabian Ruisni tanlagan bo‘lardim.
Biz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan yagona klubmiz. Shuning uchun, menimcha, bu mukofot futbolchilarimizdan biriga berilishi kerak", — dedi Al-Xelayfiy.













