«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi, shuningdek, «Tottenxem»ning sobiq forvardi Xarri Keyn Angliya Premyer-ligasi Mustaqil komissiyasining «Manchester Siti»ni moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topgan qaroriga munosabat bildirdi.
«Rostini aytsam, bu haqda faqat Chexiyaga qarshi o‘yindan keyin bildim. Kun bo‘yi telefonimga qaramagan edim. Hozir bu masalaga izoh bera olmayman. Ishonchim komilki, yaqin kunlarda bu haqda juda ko‘p gapiriladi.
Men doim aytaman: biz bu yerda bo‘lganimizda Angliya terma jamoasini namoyon etamiz.
Biz butun e’tiborimizni Angliya terma jamoasiga qaratganmiz. «Manchester Siti» futbolchilari esa, tabiiyki, klublariga qaytgach, bu masala bilan shug‘ullanishadi.
Bizga kelsak, hozir butun e’tiborimiz Xorvatiyaga qarshi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga qaratilgan», — dedi Keyn.













