«Manchester Yunayted»ning qishki transfer oynasi uchun rejalari ma’lum bo‘ldi.
Football Insider xabariga ko‘ra, so‘nggi mish-mishlarga qaramay, «qizil iblislar» yanvar oyida boshqa pozisiyalarga emas, asosan himoya chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratadi. Klub yozdayoq chap qanot himoyachisini xarid qilishni rejalashtirgan, ammo bu transferni amalga oshira olmagan.
Shu bilan birga, avval xabar qilinganidek, «Manchester Yunayted»ning rejalarida yangi hujumchi xarid qilish ham bor. Biroq klub forvard transferiga faqat kelasi yozda kirishmoqchi.
Premyer-liganing besh turidan so‘ng «Manchester Yunayted» turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. Maykl Karrik jamoasi hisobida atigi besh ochko bor.













